Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyandalari
XX asr boshlariga kelib Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi shaharlarida o‘nlab jadid usulidagi maktablar ochildi. Jadidlar maktablarda yoshlarni bilimli va ma’rifatli qilib tarbiyalab, ular orqali Turkistonda mustaqil davlat barpo etish uchun milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surgan. XX asr boshiga kelib Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga keldi.
Ular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa buyuk shaxslar edi. Bu ziyolilar o‘z hayoti va ijodi bilan xalqni ma’rifat sari yetaklagan haqiqiy yo‘lboshchilar bo‘ldilar.
Bular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz Hoji Yusupov va boshqalar edi.
Ular vatanparvar, ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari hisoblanadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
(1875–1919)
Turkiston jadidlarini birlashtirishda “O‘rta Osiyo jadidlarining otasi” deb tan olingan Mahmudxo‘ja Behbudiyning xizmati beqiyos bo‘ldi. U 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoro madrasalarida tahsil olib, imom-xatib, qozi, keyin muftiy darajasiga ko‘tarildi.
Behbudiy O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining asoschisi va yo‘lboshchisi edi. Uning tashabbusi bilan “Behbudiya kutubxonasi” tashkil qilingan.
Munavvarqori Abdurashidxonov
(1878–1931)
Munavvarqori — Turkiston o‘lkasida ozodlik, millat kelajagi uchun kurashgan siyosiy arbob, jadidchilik harakatining yirik namoyandalaridan biri. 1904-yildan boshlab u ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisi bo‘lgan.
Jadid maktablari ochilishining tashabbuskori, gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ‘ibotchisi edi. U “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “Yer yuzi” kabi darsliklarni yaratgan.
Abdulla Avloniy
(1878–1934)
Abdulla Avloniy — o‘lkada ta’lim, matbuot va teatr rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ma’rifatparvar. U 1878-yil Toshkentda tug‘ilib, maktab va madrasada ta’lim olgan.
1907-yilda “Shuhrat” gazetasiga asos solgan. Yangi usul maktablari uchun “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” kabi muhim darsliklarni yaratgan.
Avloniy Behbudiy va Munavvarqori bilan birga xayriya jamiyatlari, kutubxonalar va yangi usul maktablar ochishda faol ishtirok etgan.
Jadidlar harakatining milliy xususiyatlari
Turkiston jadidchilik harakatining namoyandalari keng ma’noda ma’rifatparvar kishilar edi. Ma’rifatparvarlik xalqni ozodlikka olib chiqish, milliy davlatchilik g‘oyalarini ilgari surish bilan bog‘liq edi. Jadidlar jaholat, bilimsizlik, mutaassiblikni jamiyat tanazzulining asosiy sababi deb bildilar.
Ular mavjud tuzumning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy illatlariga qarshi kurashdilar, adolat va erkinlik g‘oyalarini ilgari surdilar. Jadidlar Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, Boborahim Mashrab kabi allomalarning merosiga tayangan holda Turkistonda taraqqiyparvar, demokratik jamiyat barpo etish g‘oyalarini targ‘ib qildilar.
Jadidlar Gapirganda
Abdulla Qodiriy
“O‘tgan kunlar”
Abdulla Avloniy
“Birinchi muallim”
Abdulhamid Cho‘lpon
“Kecha va kunduz”
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Jadidchilik otasi
Munavvar qori
Ma’rifatparvar arbob
Abdurauf Fitrat
“Munozara” muallifi
G‘ulom Zafariy
Dramaturg va yozuvchi
Ishoqxon To‘ra
Shoir va ma’rifatparvar
Jadidlar Asarlari – Elektron Kutubxona
O‘tgan kunlar
Yuklab olishMunozara
Yuklab olishAbulfayzxon
Yuklab olish
Kecha va Kunduz
Yuklab olish
Padarkush
Yuklab olish
Birinchi muallim
Yuklab olish
Yangi saodat
Yuklab olish
Hind sayyohi
Yuklab olish
Shaytonning tangri bilan munozarasi
Yuklab olish
Milliy she’rlar to‘plami
Yuklab olish
Turkiy guliston yoxud axloq
Yuklab olish1 Loyiha haqida
Onlayn Jadidlar maktabi – barcha yoshdagi fuqarolar uchun jadidlar tarixini keng o‘rgatishga qaratilgan platforma. Ushbu platformada Jadidlar hayoti batafsil yoritib beriladi va bilimlarni mustahkamlash uchun quiz-testlar, qiziqarli faktlar to‘plami, turli xil viktorinalar va har oy davomida kichik insholar olimpiyadasi orqali bilimlar mustahkamlanadi.
2 Loyihaning afzalliklari
Nega aynan jadidlar haqida?
Chunki ular millatning uyg‘onishi yo‘lida eng katta qadam tashlaganlar.
Platforma dastlab sayt ko‘rinishida, keyinchalik alohida ilova shaklida Play Marketda sotuvga chiqadi.
Hozirda hamkorlik shartnomalari imzolanyapti. O‘zbekiston va xorij tashkilotlarida keng targ‘ibot guruhi shakllanmoqda.
3 TOP bir yil ichidagi statistika
Keng auditoriya: 100.000+ kitobxonni jalb qilish
Play Marketga ilova chiqarish
Har oyda eng faol kitobxonlarni rag‘batlantirish
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
Keng targ'ibot:
Jadidlar merosini keng ommaga va yangi avlodga yetkazish
O‘g‘iloy Aminova
E’tibor uchun
Tashakkur!
Jadidlar yo‘lida birga bo‘lamiz!
Jadidlar ovozi – Audio kitoblar
Mahmudxoʻja Behbudiy
Munavvar qori Abdurashidxonov
Abdulla Avloniy
Abdurauf Fitrat
Abdulla Qodiriy
Abdulhamid Cho'lpon
G'ulom Zafariy
Ishoqxon To'ra
Jadidlar to‘plami – Elektron kutubxona

Abdulla Avloniy
Yuklab olish
Mahmudxo'ja Behbudiy
Yuklab olish
Abdulhamid Cho'lpon
Yuklab olish
Abdurauf Fitrat
Yuklab olish
G'ulom Zafariy
Yuklab olish
Abdulla Qodiriy
Yuklab olish
Ishoqxon To'ra
Yuklab olish
Munavvar qori Abdurashidxonov
Yuklab olishBEHBUDIY TEATRI - JADID CINEMA
Jadidlar haqida film 1
Jadidlar haqida film 2
Jadidlar haqida film 3
BEHBUDIY TEATRI - JADID MUSIC
0 Комментарии