MEN HAQIMDA | O'g'iloy Aminova
O'g'iloy Aminova
|
MEN HAQIMDA

Oʻgʻiloy Aminova

2008-yilning 15-oktabr sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi Yoshlik mahallasida tavallud topgan yosh jurnalist va ijodkor.

U “Umid uchquni” davlat mukofoti sovrindori hamda Qozogʻiston Respublikasi Xalqaro xizmatlari uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Hozirda 40 dan ortiq xalqaro nashriyot bilan hamkorlik shartnomasi mavjud. Shishu Ullash (Bangladesh), SPCS (Buyuk Britaniya), Wakelet Community (London) xalqaro tashkilotlarining Oʻzbekistondagi rasmiy elchisi va koordinatori.

30 ga yaqin xalqaro tashkilot aʼzosi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Istanbul va Filippindagi nufuzli konferensiyalarida delegat sifatida ishtirok etgan.

Mualliflikda “Benim hikayem”, “Qalb soʻzi”, “Young Leaders”, “Mening bebahoginam” nomli kitoblari Moldova Respublikasida nashr etilib, bugungi kunda dunyoning 26 dan ortiq davlatida sotuvda.

Argentinaning Chako shahridagi xalqaro adabiyot festivali ishtirokchisi, shuningdek, koʻplab respublika, viloyat va xalqaro koʻrik-tanlovlarning gʻolibi.

Mukofot va yutuqlar

2025
“Umid uchquni” koʻkrak nishoni – Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi
2025
“Spring swallows” xalqaro sheʼriy toʻplam – Lulu nashriyoti
2025
Leader Ladies Club taqdirlovi
2024
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod
2024
BMT Istanbul konferensiyasi – delegat
2024
Qozogʻiston “Xalqlar doʻstligi” nishoni
2024
Harvard CS50 kursi
2023
“Olmos qizning kundaligi” toʻplami
2023
“Benim hikayem” va “Qalb soʻzi” – Moldova
2023
Argentina adabiyot festivali
O'g'iloy Aminova